Featured Video Play Icon
2020 yil glavnaya Видеоновости Yangi O'zbekiston

Sevara Nazarxon ijrosidagi Ulug‘imsan, vatanim taronasi ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda chellenjga aylanmoqda. E’tiborli tarafi ushbu chellenjga mamlakatimizda yashovchi turli millat vakillari hamda xorijda yashovchi vatandoshlarimiz ham qo‘shilishgan

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon ijrosidagi Ulug‘imsan, Vatanim taronasi ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda chellenjga aylanmoqda. E’tiborli tarafi ushbu chellenjga mamlakatimizda yashovchi turli millat vakillari hamda xorijda yashovchi vatandoshlarimiz ham qo‘shilishgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamkor tashkilotlar bilan birga vatandoshlarimizning bu boradagi dil izxorlarini suratga olish va ovoz yozish jarayonlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim… O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning «Vatanim» she’rini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon ulkan mahorat va dard bilan muhtasham etgan qo‘shiq.
Ulug‘imsan vatanim. Vatanini sevuvchi jonajon O‘zbekistonimizga befarq bo‘lmagan inson borki, ushbu taronani shunchaki tinglolmaydi. Yurakda hislar uyg‘onadi. Chet mamlakatlarida bo‘lsangiz esa vatan sog‘inchi… Ayni kunlarda ushbu tarona chellendjga aylanmoqda. Avvaliga Gruziyalik bir qator do‘stlar uni kuylab ko‘pchilikni xushnud etishdi.
So‘ngra O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari assotsiatsiyasi faollari ham bu chellenjga qo‘shilish istagini bildirdilar. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamkor tashkilotlar bilan birga vatandoshlarimizning bu boradagi dil izxorlarini suratga olish va ovoz yozish jarayonlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.
Faqat shugina emas. Bugungi kunda chellenjga Dunyoning qator mamlakatlarida yashovchi O‘zbekistonliklar va do‘stlik jamiyatlari faollari ham qo‘shilishdi. Masalan, Belgiyadagi hamyurtimiz uning kuyini ajoyib tarzda ijro etdi
yana bir Yevropa davlati Portugaliyalik Sofia Pedroning ovozi o‘zbekchada naqadar go‘zal eshtiladi.
Musiqa va ovoz birlashganda esa betakror tarona.Ularga Toshkentdan Viktoriya Holmuhammedova va Bobur Bebitovlar qo‘shilishdi. Rossiyaning Qozon shahridan bo‘lgan Dina Bikjanovaning skripkasi ham kuyni jozibali tarannum etmoqda. Biz yiroqdamiz ammo qalban birgamiz. Bu O‘zbekistonga befarq bo‘lmagan xorijda yashovchi hamyurtlarimiz va do‘stlik jamiyatlari faollaring dil izhorlari.