bosh-sahifa

Siz O‘zbekiston va Koreya aloqalarini bilasizmi?

2022 yilning 30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan tadbirlar doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va “O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik jamiyati tomonidan “Siz O‘zbekiston va Koreya aloqalarini bilasizmi?” mavzusida viktorina tashkil qilindi.

Viktorinada Toshkent shahridagi Adju, Toshkent davlat sharqshunoslik, Toshkent shahridagi Puchon universitetlari va Yodju texnika institutida tahsil olayotgan, ikki davlat munosabatlarining bilimdon talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbirni Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori professor
G. Muratov ochib berdi va viktorina ishtirokchilariga omad tiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Z. Obidov O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirning maqsad va mohiyatini haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, “O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik jamiyati raxbari S. Pak o‘z tilaklarini talaba yoshlarga tilab, tadbirni ochdilar.

 

Onlayn jonli aloqa shaklida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasining ma’sul xodimi A. Isanov, Koreya Respublikasidagi O‘zbeklar uyushmasi raisi o‘rinbosari O. Qodirov tadbir ishtirokchilarni samimiy tabriklab, ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalariga alohida urg‘u berdilar.

Viktorina shartlariga muvofiq jamoalarning O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan do‘stlik aloqalariga oid taqdimotlari koreys, ingliz va o‘zbek tilida bayon qilindi.

 

Talabalarning O‘zbekiston va Koreya Respublikasi madaniyatini aks ettirilgan badiiy-ijodiy chiqishlari ishtirokchilarda katta ta’surot qoldidi.

 

Talabalar “Siz O‘zbekiston va Koreya aloqalarini bilasizmi?” mavzusidagi
Viktorina savollariga to‘liq javob berdilar.

Viktorina ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

 

Bu tadbir ikki xalq o‘rtasida do‘stlik ko‘prigini mustahkamlashga qaratilgan mushtarak ezgu maqsadlarga erishish, qardosh Koreya Respublikasi bilan hamisha do‘st va birodar, hamkor va hamjihat bo‘lishga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi.