Версия для слабовидящих

2021 yil glavnaya Популярные новости

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta’siriga tushgan 25 yoshli yigit ushlandi

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta’siridagi 25 yoshli qashqadaryolik yigit ushlandi. U Rossiyada ishlash davomida ushbu tashkilot ta’siriga tushib qolgani, O‘zbekistonga qaytgach, yonidagi telefonida taqiqlangan materiallar ham bo‘lgani aytilmoqda. Yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.

IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahri aeroportlarida XTB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-surishtiruvlar davomida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 18 fevral kuni 1996 yilda tug‘ilgan qashqadaryolik X.R. «Novosibirsk-Toshkent» yo‘nalishida uchib kelgan.

U bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbatga ko‘ra, gumondor Rossiyada ishlashi davomida «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotining ta’siriga tushgan. Yigitga tegishli Vertex hamda Redmi rusumidagi telefonlar tekshiruvdan o‘tkazilgan va ularning xotirasida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar saqlangani hamda o‘ziga yaqin bo‘lgan tanishlariga tarqatilgani aniqlangan.

Tekshirib ko‘rishlik maqsadida unga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparatlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Uning aybi sud orqali to‘liq isbotlangan taqdirda, unga 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.

Print Friendly, PDF & Email
loading