2021 yil glavnaya Yangi O'zbekiston

Turkiyada qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda 6 nafar vatandoshimizni Vatanga bepul qaytib kelishini tashkil qildi.

Vatandoshlar, shu jumladan, yosh bolali ayollar Turkiyaga vaqtincha ishlash maqsadida borgan. Ammo tuli sabablar tufayli ular ishsiz qolgan va moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Vatanga qaytib kela olmagan.

Yurtdoshlarimiz ko‘rsatilgan yordam uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va mamlakatimiz hukumatiga chuqur minnatdorlik bildirdi.  Ular ko‘rsatilayotgan bunday yordam chet elda bo‘lgan fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi islohotlarning tasdig‘i ekanini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, 12 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining  «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolgan taqdirda moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

“Dunyo” AA