2021 yil glavnaya Популярные новости

Vengriya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

TOShKENT, 29 mart. /»Dunyo» AA/. Bugun Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekiston-Vengriya oliy darajadagi muzokaralarida qatnashish uchun Toshkentga keldi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv ertaga, 30 mart kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi, — dedi davlatimiz rahbari Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari, matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun o‘tkazgan birinchi brifingi chog‘ida. — Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralardan kutilayotgan asosiy natijalardan biri – O‘zbekiston bilan Vengriya munosabatlari sifat jihatidan yangi bo‘lgan strategik darajaga chiqishidir”.

Tashrif yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlari Strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, iqtisodiyot, energetika, ta’lim, madaniyat, mintaqalararo hamkorlik va bandlikka oid 10 ga yaqin hujjat qabul qilinadi.