Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Vladivostok shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda, Primorsk o‘lkasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, o‘zbek diaspora tashkilotlari vakillari, vatandoshlar, mahalliy yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi. Shoir g‘azallaridan parchalar o‘qilib, Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki jahon adabiyoti tarixida va adabiy-estetik tafakkur rivojida ham alohida o‘rin tutishi taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbirda o‘zbek milliy kiyimlari, cholg‘u asboblari, xalq amaliy sanʼati buyumlari, qadimiy O‘zbekiston fotosuratlari va mamlakatimiz tarixi to‘g‘risidagi kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Rossiya yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi va shoir A.Dosov Navoiy hayoti va ijodi, jahon adabiyoti tarixida tutgan yuksak o‘rni to‘g‘risida gapirib, Navoiyga bag‘ishlab yozgan rus tilidagi yangi sherini o‘qib berdi.
O‘zbekiston Bosh konsuli tadbir ishtirokchilarini bugungi sana bilan tabriklab, so‘ngi yillarda davlatimiz tomonidan Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, shoirning boqiy asarlarini yurtimizda va xorijda keng targ‘ib qilish hamda xotiralarini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli kitobi va Navoiy qalamiga mansub sheʼriy to‘plamlar sovg‘a qilindi.
Vladivostok shahriga Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan sanʼatkorlar o‘zlarining yorqin musiqiy dasturi bilan yig‘ilganlarga