2021 yil glavnaya Yangi O'zbekiston

“Yevropa Ittifoqi -O‘zbekiston” do‘stlik guruhi tashkil etildi

2021 yil 29 aprel kuni Yevropa parlamentida tashkil etilgan “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhining videokonferensaloqa shaklida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yevropa parlamenti deputatlari Rishard Charnetski, Fulvio Martushello, Adrian Vaskes Lasara va boshqalar, Yevropa tashqi harakatlar xizmati boshqaruvchi direktorining o‘rinbosari Lyuk Devin, Yevropaning ekspert-tahliliy va ishbilarmon doiralari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonov, qolaversa, O‘zbekiston parlamentining Yevroparlament bilan hamkorlik guruhining barcha a’zolari qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar YEI va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanganligini ta’kidlab, Yevropa parlamentida “YEI – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi tashkil etilishi o‘zaro aloqalarni boyitishga, siyosiy va ishbilarmon doiralar vakillari, shuningdek, fuqarolik jamiyati o‘rtasida yuqori darajada muloqot o‘rnatishga xizmat qilishini qayd etdi.

Rishard Charnetski (Polsha), Fulvio Martushello (Italiya), Adrian Vaskes Lasara (Ispaniya), Atidje Aliyeva-Veli (Bolgariya), Tiyerri Mariani (Fransiya), Tatyana Jdanoka (Latviya), Iuliu Vinkler (Ruminiya) i Niklas Ninas (Germaniya) ushbu guruh ta’sischilari bo‘ldi.

Yevropa parlamenti deputati Rishard Charnetski guruh raisi, uning siyosiy maslahatchisi Ipek Tekdemir esa bosh kotib bo‘ldi.

Yevropa parlamenti deputati Rishard Charnetski mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi hamda “YEI – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi tashkil etilishi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning muhim bosqichi ekanligini ta’kidladi.

Yevropa tomoni O‘zbekiston yanada yaqin xalqaro hamkorlik uchun ochiq ekanligini, investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlar yaratilganligini ta’kidladi. Xususan, yevropalik investorlarning davlatimizga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshganligi kuzatildi. Mamlakat Sobiq Ittifoq hududidagi iqtisodiyoti eng kuchli davlatlardan biriga aylanish salohiyatiga ega.

“O‘zbekiston – YEI” parlament hamkorlik qo‘mitasi har doim yangi ta’sis etilgan do‘stlik guruhi bilan birgalikda rejalar ishlab chiqishga va bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyorligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning GSP+ tizimi benefitsiar – mamlakati maqomini olishi respublikada olib borilayotgan islohotlarning, shu jumladan, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarning e’tirofi hisoblanadi.