Interaktiv xizmatlar
Ishonch telefoni : +99871 253-57-69
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARINI KO’RIB CHIQISH TARTIBI
O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrь qabul qilingan №378-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi” qonunga muvofiq:
Jismoniy shaxslarning murojaatlari (keying o’rinlarda murojaatlar) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasiga og’zaki, yozma yoki elektron shakllarda qilinishi mumkin.
Qo’mitaning “ishonch telefoni”ga qilingan murojaatlar og’zaki murojaatlar sifatida ko’rib chiqiladi.
Vazirlikning rasmiy elektron manziliga hamda O’zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari yagona interaktiv portali (hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar sifatida ro’yxatga olinadi.
Murojaatlarni qabul qilish, ro’yxatga olish, ko’rib chiqish uchun taqdim qilish hamda ijro ustidan nazoratni Kanselyariya amalga oshiradi.
Ro’yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan vaqtdan bir ish kunidan ko’p bo’lmagan davr mobaynida ko’rib chiqishga kiritiladi.
Qo’mita vakolatiga kirmaydigan murojaatlar tegishli idoraga jo’natiladi.
Javob xati mumkin qadar murojaat qilingan tilda yoziladi.
Ariza va shikoyatlar, agar qo’shimcha o’rganish talab qilinasa, kelib tushgan vaqtdan boshlab 15 kun ichida ko’rib chiqiladi. Agar qo’shimcha o’rganish talab qilinsa, murojaat bir oy davomida ko’rib chiqilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali
№ | F.I.SH | Lavozimi | Qabul kunlari | Qabul vaqti |
1 | Vakant | Rais | Dushanba-payshanba | 8:00 – 11:00 |
2 | Vakant | Rais o’rinbosari | Seshanba-juma | 8:00 – 11:00 |
3 | Ishanxodjaev Kamoliddin Nuriddinovich | Rais o’rinbosari | Dushanba-chorshanba | 8:00 – 11:00 |
4 | Xuseinov Adham | Milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi v.b. | Chorshanba-juma | 8:00 – 11:00 |
5 | Aripova Nazakat Saypitdinova | Milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi bosh mutaxassisi | Dushanba-chorshanba | 8:00 – 11:00 |
6 | Tursunov Umidjon Yusufovich | Ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’limi etakchi mutaxassisi | Seshanba-juma | 8:00 – 11:00 |
9 | Abbasova Gulchehra Kasimovna | MDH davlatlari bilan aloqa bo’limi boshlig’i | Dushanba-juma | 8:00 – 11:00 |
10 | Abidov Zakir Xalilovich | Evropa va Amkerika mamlakatlari bilan aloqa bo’limi boshlig’i | Seshanba-payshanba | 8:00 – 11:00 |
11 | Mirg’iyosov Mirabbos Ilyos o’g’li | Osiyo, Afrika va Tinch okeani xududi davlatlari | Dushanba-payshanba | 8:00 – 11:00 |
12 | Karimov Baxtiyor Raxmanovich | Ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodika va ekspertiza bo’limi boshlig’i | Chorshanba-payshanba | 8:00 – 11:00 |
13 | Kamarskaya Ekaterina Alekseevna | Kadrlar bo’limi boshlig’i | Dushanba-payshanba | 8:00 – 11:00 |
14 | Shukurov Gayratulla Samikovich | Matbuot kotibi | Dushanba-juma | 8:00 – 11:00 |