Qo’mita haqida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi haqida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi Respublika baynalmilal madaniyat markazi hamda O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi faoliyatlari negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi №PQ-5046 – sonli qaroriga asosan tashkil qilingan.
Quyidagilar Qo’mitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
— jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag’rikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do’stlik va ko’p millatli yagona oila tuyg’usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
— do’stona xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish, o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do’stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish;
— davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do’stlik jamiyatlari bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
— mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o’ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko’maklashish;
— xorijiy mamlakatlarda davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida O’zbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targ’ib qilish;
— millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg’unlashtirishga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilishda ko’maklashish va bevosita qatnashish.
Qo’mita millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini mustahkamlashga yo’naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o’zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo’shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o’rtasida o’zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishni taqozo etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni Harakatlar strategiyasining beshinchi yo’nalishi ijrosini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qo`mita faoliyati
Qo‘mita qoshida 138 ta milliy madaniy markaz (МММ) faoliyat yuritadi. Ulardan 14 tasi Respublika MMM mavqeiga egadir: Respublika arman, tojik MMMlari, O‘zbekiston ozarbayjon, turk, qirg‘iz, qozoq, yahudiy MMMlari, O‘zbekiston koreys MMM uyushmasi, O‘zbekiston rus, uyg‘ur madaniy markaz-lari, “Wiedergeburt” O‘zbekiston nemislari madaniy markazi, “Svetlitsa Polska” Polsha MMM, Respublika turkman madaniy markazi, “Slavutich” Respublika ukrain madaniyat markazi.
Shuningdek, arab, boshqird, belorus, bolgar, Buxoro yahudiylari, grek, gruzin, dungan, xitoy, qrim tatar, litvaliklar va tatar millati vakillarining MMMlari mavjud. Toshkent shahrida 23 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 ta va viloyatlarda 95 ta MMM faoliyat yuritmoqda.
MMM vazifasiga quyidagilar kiradi:
- millatlararo bag‘rikenglik prinsiplarini mustah-kamlashga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish, millatlararo aloqalar madaniyatini rivojlantirish;
- O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlarning ma’naviy an’analari, tili va madaniyatini asrash;
- insonparvarlik, ilmiy, madaniy hamkorlik sohasida etnik Vatanlari bilan aloqalarini mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish.
Respublikamizda turmush tarzimizning barcha jabhalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bag‘rikenglik va konfessiyalararo o‘zaro anglashuv madaniyatini yanada rivojlantirish, mamlakatimizning barcha fuqarolarini teng huquq va imkoniyatlar bilan ta’minlash, do‘stona va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada yuqori darajaga ko‘tarishni talab qildi. Buning natijasi o‘laroq, mamlakat Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PF № 5046 Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi tashkil topdi.
- jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlashga ko‘maklashish;
- do‘stona xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do‘stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish;
- davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
- mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko‘maklashish;
- xorijiy mamlakatlar jamiyatlarini mamlakatimiz tarixi, madaniyati, shuningdek, bugungi kunda hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlari bilan tanishtirish;
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilishda ko‘maklashish va bevosita qatnashish
Bugungi kunda Qo‘mita qoshida 34 ta xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari (DJ) faoliyat olib bormoqda:
AQSh, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Germaniya, Gretsiya, Gruziya, Isroil, Indoneziya, Iordaniya, Italiya, Koreya, Latviya, Litva, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Rossiya, Slovakiya, Tailand, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Shveysariya, Eron, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston.
Bugungi kunda Qo‘mita dunyoning 18 ta mamlakatidagi hamkorlari bilan aloqa qilmoqda, jumladan, Xitoy xalq xorij bilan do‘stlik jamiyati, Butunxitoy do‘stlikka ko‘mak ko‘rsatish assotsiatsiyasi (Xitoy), “Fukusima-O‘zbekiston” (Yaponiya), “Koreya-O‘zbekiston assotsiatsiyasi”, “Hind-o‘zbek do‘stlik va iqtisodiy forum”, “Bonn-O‘zbekiston” DJ (Germaniya), “Italiya viloyatlari ittifoqi (UPI)”, “Avitsenna” (Fransiya), “Britaniya-O‘zbekiston jamiyati” (Buyuk Britaniya), “Rossiya va MDH xalqlari bilan do‘stlik federatsiyasi” (Bolga-riya), “Gretsiya-O‘zbekiston” DJ, “Vyetnam-O‘zbe-kiston” DJ, “Pokiston-O‘zbekiston” DJ, “Ozarbayjon-O‘zbekiston DJ, “Misr-O‘zbekiston” DJ, “Polsha-O‘zbekiston” DJ, “Chexiya-O‘zbekiston” DJ va boshqalar.
Bugungi kunda 19 ta mamlakatda joylashgan xorijdagi 29 ta o‘zbek emigratsiya va diasporalari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Bular “Тurkiston-Аmerika Аssotsiatsiyasi” va “AQSh va Kanada buxoro yahudiylari kongressi” – AQSh, “Germaniyadagi Turkistonlik vatandoshlarning madaniy jamiyati”, “O‘zbek madaniy markazi” – Isroil, “Kanadalik o‘zbeklarning madaniy ittifoqi”, “Umid” o‘zbek vatandoshlari markazi – Rossiya, “O‘zbek ma’naviyat va ma’rifat markazi” – Tojikiston, “Turkistonliklarga madaniy va ijtimoiy ko‘mak markazi” – Turkiya, “АFOR” fransuz-o‘zbek jamiyati, “O‘zbek tili va madaniyati tadqiqot markazi” – Xitoy, “Sаfаr” o‘zbek madaniy markazi “– Estoniya, “O‘sh” o‘zbek jamiyati” – Qirg‘iziston, “O‘zbek madaniy markazi” – Qozog‘iston va b.lar.
Qo‘mita emigratsiya va diaspora tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘zbek madaniyati kunlari, tili, xalqining o‘ziga xos milliy an’ana, urf-odatlarini, targ‘ib etishga yo‘naltirilgan anjuman, seminar, davra suhbatlari, ko‘rgazma, viktorina, konsert va boshqa tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.