Print Friendly, PDF & Email

O‘ZBEKISTON RUS MADANIY MARKAZI

1994 yili tashkil etilgan O‘zbekiston Rus madaniy markazi va uning joylardagi bo‘linmalari rus xalqining madaniyati, tili, an’analari, urfodatlarini avaylabasrashda, shu asosda o‘zbek va rus xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Mamlakatimiz viloyatlari va shaharlarida faoliyat olib borayotgan ushbu markazning tarkibidagi 20 ta madaniy markaz bo‘limlari ijtimoiy, madaniyma’rifiy va ta’lim sohalarida, ma’naviy tarbiya yo‘nalishlarida ishlaydi.

Eshiklari hamma uchun doimo ochiq bo‘lgan ushbu jamoat tashkilotlarida Slavyan yozuvi va madaniyati kunlari, taniqli rus olimlari, yozuvchilari, san’at arboblarining soha ravnaqiga qo‘shgan hissalari haqida hamda ko‘pasrlik tarixga asoslangan Rossiya–O‘zbekiston aloqalari bo‘yicha respublika ilmiyamaliy konferensiya va seminarlari o‘tkaziladi. Anjumanlar materiallari asosida ilmiy to‘plamlar nashr qilinadi.

Markaz faollari ishtirokida “Vinogradov o‘qishlari” xalqaro ilmiy anjumanlar, Aleksandr Pushkin, Yuriy Gagarin, Konstantin Siolkovskiy haykallari yonida uchrashuvlar uyushtiriladi.

Markaz faollari tomonidan o‘tkaziladigan “Igray, garmon!”, “Zveni, zlataya Rus!”, “Xorovoy marafon” konkurslari va festivallari, ruso‘zbek do‘stligi kechalari juda maroqli va ommabop bo‘lsa, “Maslennitsa”, “Pasxa bayramlari” xalqning ko‘pasrlik an’analari — shafqatlilik va xayrsaxovatni aks ettiradi. Markazning “Molodaya smena” yoshlar bo‘linmasi Pushkin bali va boshqa tematik kechalar tashkil qiladi.

Markaz qoshida “Veteran” xor kapellasi, “Melodiya” xori, tarixiy klub, “Solo”, “Ma’naviy meros bilan uchrashuv”, “Kumush asr” adabiyot mehmonxonasi kabi ijodiy uyushmalar, “Orfey”, “Danko”, “Literaturnoduxovnoye naslediye” to‘garaklari, adabiyot va musiqa saloni, Rus tili va adabiyoti markazi, Anna Axmatovaning “Mangalochiy dvorik” muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Markaz o‘zining ko‘psonli loyihalarini amalga oshirishda “O‘zbekiston–Rossiya” do‘stligi jamiyati, O‘zbekiston Rus dramatik teatri, Toshkent musiqali komediya teatri, Sergey Yesenin muzeyi, O‘rta Osiyo Mitropoliya okrugining Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi kabi jamoat va davlat tashkilotlarining yordamiga tayanadi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi bo‘lib xizmat qiluvchi markaz Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi yaqindan hamkorlik qiladi.
Markaz tadbirlarida turli millat vakillari ishtirok etadilar. Bu holat markaz faoliyati ko‘pchilikka manzur bo‘layotganidan va mamlakatning ko‘pmillatli jamoatchiligi tomonidan ma’qullanayotganidan dalolat beradi.