O‘ZBEKISTON UYG‘UR MADANIYAT MARKAZI

Uyg‘urlar zamonaviy O‘zbekiston hududida qadimdan yashab kelganlar. O‘zbekiston uyg‘ur madaniyat markazi 1989 yili Toshkentda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida Andijon viloyati va Toshkent shahridagi bo‘linmalar faoliyat yuritmoqda.

Uyg‘ur xalqining milliy merosi, tili, madaniyati, urfodatlari, jumladan qo‘shiq va raqs san’ati, xalq ijodiyotini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida markaz qoshida oqsoqollar, xotinqizlar, olimlar, yoshlar kengashlari tuzilgan.

San’at arboblari kengashi sa’yharakatlari bilan tashkil qilingan badiiy havaskorlik jamoalari yildan yilga o‘z mahoratlarini oshirib bormoqdalar.“Sanam” ansambli — “Oriyent” Sharq xalqlari musiqasi 7festivali (Tallinn, Estoniya) ishtirokchisi, “Bo‘ston” va “Otush” ansambllari — “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” respublika do‘stlik va madaniyat festivali g‘oliblaridir.

Uyg‘ur milliy madaniyati va o‘zbekuyg‘ur do‘stligiga bag‘ishlangan an’anaviy kechalar, shuningdek, Navro‘z, Ro‘za, Qurbon hayiti kabi xalq bayramlari havaskor va professional uyg‘ur musiqachilari, qo‘shiqchilari va raqqosalari ishtirokida o‘tkaziladi. Konsert dasturlarida dunyoga mashhur qadimgi uyg‘ur maqomlari va zamonaviy qo‘shiqlar ijro etiladi. Bayram dasturxonlariga tortiladigan va O‘zbekistonda sevib tanovul qilinadigan betakror uyg‘ur taomlari barcha tadbirlarning ko‘rki va ziynati hisoblanadi.

Markaz uyg‘ur xalqining mashhur olimlari, adabiyot va san’at arboblari bilan ijodiy uchrashuv va kechalar tashkil qiladi, yubiley sanalarida ularni qutlaydi. Bundan tashqari, markaz tomonidan uyg‘ur yozuvchilari va shoirlarining asarlari, uyg‘ur xalqining ko‘zga ko‘ringan vakillari, shu jumladan markaz faollari haqida kitoblar uyg‘ur tilida nashr qilinadi.

Ajdodlar san’ati va madaniyati, uyg‘ur tili va yozuvini targ‘ib qilish barobarida markaz O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Buyuk qomusiy olim, «Devonu lug‘otitturk» lug‘atma’lumotnomasi muallifi Mahmud Koshg‘ariy tavalludining 1000 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiyamaliy konferensiya o‘tkazilishi ana shular sirasiga kiradi.

Markaz jamoatchiligi Olmaota, Chimkent, Taroz, Bishkek uyg‘ur madaniy markazlari bilan madaniyat va san’at sohasida xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘ygan, XXR bilan esa Oliy ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda talabalar almashinuvi va ilmfan sohasida hamkorlik bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda, xalqaro simpozium va konferensiyalar ishida faol qatnashmoqda.
Markaz boshqa etnik birlashmalar bilan birgalikda O‘zbekiston Mustaqilligi kuni, boshqa davlat va milliy bayramlarni keng nishonlaydi. Markaz uyg‘ur xalqining milliy madaniyati va san’ati yutuqlarini namoyish qilib, hamkasblari muvaffaqiyatlarini qutlagan holda, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va tinchlikni mustahkamlashdek olijanob ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.