Print Friendly, PDF & Email

O‘ZBEKISTON YAHUDIY MILLIY MADANIY MARKAZI

O‘zbekiston Respublikasida qadimdan buyon yahudiylar diasporasi yashab keladi. U ikki etnik guruh, ya’ni ashkenazi (yevropalik) va sefard (buxorolik) yahudiylardan iborat.
Respublikamizdagi dastlabki yahudiy madaniy markazlari — Toshkent shahar yahudiy madaniy markazi (hozirgi Yahudiylar jamoasi madaniy markazi) va Respublika buxoro yahudiylari madaniy markazi (hozirgi Toshkent shahar «Simxo» buxoro yahudiylari madaniy markazi) 1989 yilda tashkil qilingan. Bugungi kunda O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida yettita yahudiy milliy madaniy markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Markazlar yahudiy xalqining an’analari, urfodatlari, tilini asrash va rivojlantirish barobarida turli madaniyma’rifiy va ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradilar, davlat va milliy bayramlarini o‘tkazadilar.

O‘zbekiston yahudiy milliy madaniy markazi qoshida “Shalom, Tashkent” folklor raqs ansambli, xorijga ketgan yaqinlarini izlashga ko‘maklashuvchi “Sen yolg‘iz emassan”, “Nogiron farzandli otaonalar”, “Seni izlayman” va barcha muhtojlarni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha “Raximim–Mehrshavqat” klublari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Navoiy shahrida oqsoqollar klubi, “Shemesh” — “Quyoshcha” bolalar studiyasi, ko‘ngillilar guruhi, Toshkentda “Bugun mamlakatimizda va dunyoda” klubi ishlamoqda. “Chorrahalar” ma’ruzakonsert dasturlari turkumi turli davrlarda taqdir taqozosi bilan Toshkentda yashagan va ijod qilgan yozuvchilar, rassomlar va musiqachilarning ijodiga bag‘ishlangan. Farg‘onada an’naviy marosimlar va urfodatlarga o‘rgatish, milliy taomlarni tayyorlash, kashtachilik, xalq raqslari va vokal to‘garaklari faoliyat yuritadi, ularning tadbirlarida turli millat vakillari ishtirok etadilar. Samarqandda “Iliq uy” madaniyma’rifiy dasturi ishlab turibdi.

Buxoroning diqqatga sazovor muassasalari qatoriga ivrit tilini o‘qitishga ixtisoslashgan maktab, sinagoga, “Shalom” buxoro yahudiylari madaniy markazi va“Amaayan” xayriya markazini kiritish mumkin. Ular Buyuk Ipak yo‘li shakllanganidan beri ushbu zaminda yashab kelayotgan buxoro yahudiylarining ahil diasporasi uchun qadrdon maskan hisoblanadi.

Yahudiylarning O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha milliy madaniy markazlarida xalq ijodiyoti ko‘rgazmalari, yahudiy millatiga mansub taniqli yozuvchilar, san’atkorlar, aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, bolalar va yoshlar jamoalarining konsertlari o‘tkaziladi. An’analar va urfodatlarning avloddan avlodga meros bo‘lib qolishi, o‘z xalqining tarixini sevish va o‘tmish tajribasini hurmat qilish kabi fazilatlar yosh avlodga aynan shu kabi tadbirlarda singdiriladi. RoshAshana, Yom Kipur, Sukkot, Xanuka, TubiShvat, Purim, Shavuot, Pesax kabi milliy bayramlarda avaylabasrab kelinayotgan milliy liboslardan foydalaniladi, yahudiylarning milliy taomlari targ‘ib qilinadi.