RESPUBLIKA TOJIK MILLIY MADANIY MARKAZI

Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘zbeklar bilan umumiy etnik ildizga ega 1,5 milliondan ortiq tojik yashaydi. Bu ikki xalqning madaniyatlari, turmush tarzlari, urfodatlari va xalq san’ati — barchasi juda yaqin, ayrim hollarda esa, ularni umuman ajratib bo‘lmaydi. Ikkala xalqning ibtidoiy, qadimgi va aksariyat hollarda o‘rta asrlarga oid tarixi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.

Respublika tojik milliy madaniy markazi O‘zbekistonda 2008 yili tashkil qilingan, bugungi kunga kelib uning tarkibiy tuzilmasida Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridagi hududiy bo‘linmalari, Buxoroda — “Oftobi So‘g‘diyon” tojikfors markazi, 1990 yil Toshkentda tashkil etilgan “Oriyono” hamda Chirchiq shahridagi “So‘g‘diyona” markazlari faoliyat yuritmoqda.

Avestoning 2700 yilligini, Sharqning buyuk olimi va shoiri Firdavsiy tavallud topgan kunini nishonlash, forstojik adabiyotining asoschisi Rudakiyning 1150 yillik yubileyi, Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy Balxiy, Mir Ali Hamadoniy, yozuvchi va shoir Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar ko‘pchilik diqqatini jalb etdi. Shu bilan birga, asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan To‘xtamish To‘xtayev, Abdullo Subxon, Ja’far Muhammad, Fayz Muhammad, Yunus Imomnazar, Muhammadjon Shodiyev, Asadullo Shukurov kabi zamonaviy mualliflar bilan ijodiy uchrashuvlar ham yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Markaz a’zolari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, yosh kosmonavtlar xalqaro aerokosmik maktabining asoschisi Shavkat Vohidov, shuningdek, Samarqand maxsus ilmiy restavratsiya ishlab chiqarish ustaxonasining restavratori, O‘zbekiston Qahramoni Mirumar Asadov nomini faxr bilan tilga olishadi.
Markaz tomonidan har yili Tojik tili kuni, tojik xalqining tarixi va madaniyati bo‘yicha o‘ziga xos tanlovlar, shoirlar va adabiyot ahli o‘rtasida mushoira, taniqli tojik rassomlari — Muborak Yo‘ldoshev va Zayniddin Mirzoyev kartinalarining ko‘rgazmalari tashkil etilagan. Markaz yosh faoli samarqandlik xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov qadimgi shaxmat o‘yinining shonli an’analari davomchisi sifatida xalqaro miqyosda shuhrat qozonmoqda.
Markazda o‘tkazilayotgan bir qator tadbirlar, jumladan O‘zbekistonning milliy va davlat bayramlari, tojiklarning xalq bayrami “Mehrgon” — hosil bayrami va boshqalar “Ovozi tojik”, “Ovozi Samarqand”, “Xovar” kabi tojik tilida chiqadigan gazetalarda va O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Ranginkamon”,“Yagona oilada” teleko‘rsatuvlarida keng yoritilib boriladi.

Respublikaning “O‘zbekiston” nashriyotida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sir daryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi tojik maktablari uchun tojik tilida darsliklar chop etiladi.

Bu ta’lim muassasalari uchun mutaxassislar Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetining tojiktili bo‘limida, farg‘ona viloyatining so‘x tumanidagi kollejda va yana bir qator ta’lim muassasalarida tayyorlanadi.