TOSHKENT SHAHAR “AVDET” QRIM TATAR MILLIY MADANIY MARKAZI
O‘zbek va qrimtatar xalqlari o‘rtasidagi ilk tarixiymadaniy aloqalar XIX asrning ikkinchi yarmida qayd etilgan bo‘lib, bu — birinchi navbatda, o‘z davrining buyuk islohotchi pedagogi, yozuvchisi va publitsisti Ismoil Gaspiralining faoliyati bilan bog‘liq.
1944 yili Qrimdan deportatsiya qilingan qrimtatarlarning aksariyat qismi (151 mimg 604 kishidan iborat 35 ming 275 ta oila)ni o‘zbek xalqi qabul qilgan. Qrimtatar xalqining O‘zbekiston poytaxtida yashaydigan ziyolilarining sa’yharakatlari bilan 1997 yili Toshkent shahar “Avdet” (“Qaytish”) qrimtatar milliy madaniy markazi tashkil qilingan bo‘lib, tarixiy vatanlaridan yiroqda yashayotgan xalqning ona tili, an’analari va urfodatlarini asrash, milliy madaniy manbalarga qaytish ushbu markazning asosiy maqsadlari qilib belgilangan.
Markaz faoliyati doirasida O‘zbekiston madaniyatining qrimtatar millatiga mansub taniqli arboblari: yozuvchilar Shomil Alyadin, CherkezAli, Nuzet Umerov, Kurtnezir; haykaltarosh Ayder Aliyev; gobelistrassom Mustafo Churlu, kompozitorlar Yaxyo Sherfetdinov, Edem Nalbantov, Ilyas Baxshish hayoti va ijodiga bag‘ishlangan madaniyma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
“Avdet” qoshida ona tili va raqs to‘garaklari tashkil etilgan. Markaz faollarining sa’yharakatlari bilan milliy madaniyat va san’at, musiqa va qrimtatar she’riyatiga bag‘ishlangan kechalar uyushtiriladi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil qilinadigan ko‘rgazmalarda qrimtatar millatiga mansub o‘zbekistonlik rassomlar — Rustem Eminov, Mustafo Aliyev, Go‘zal Alimatova, Seyran Kurtjamillarning ijod namunalari namoyish qilinmoqda.
Markazning “Ayudag” jamoasi milliy madaniy markazlar o‘rtasida o‘tkaziladigan minifutbol bo‘yicha musobaqalarda muntazam ishtirok etib keladi.
Qrimning ijod ahli, jumladan avval O‘zbekistonda yashab ketgan vakillarining “Avdet” milliy madaniy markaziga tashriflari an’anaga aylangan. O‘z navbatida, markaz faollari o‘zlarining tarixiy vatanlarida o‘tkaziladigan tadbirlarda, jumladan “Baxchisaray” xalqaro qrimtatar festivali, Ismoil Gaspirali faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadilar.
Toshkentda chop etilgan “Ismoil Gaspirali va Turkiston” maqolalar to‘plami va Qrim davlat industrialpedagogika universiteti rektori, Ukraina Qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fan doktori, professor Fevzi Yakubovning “Ezgulik haqida” kitobi markaz qoshidagi kutubxonaning nodir asarlaridan hisoblanadi.
“Vetan” vokalcholg‘u ansambli, “Xaytarma” va “Qaranfil” guruhlari ijrosidagi qrimtatar qo‘shiqlari an’anaviy Navro‘z, bahorgi ekin ishlari yakiniga bag’ishlangan Xidirlez bayrami, Ro‘za va Qurbon hayitlarining yanada jozibali o‘tishini ta’minlaydi.