TATARIAN PUBLIC CULTURAL AND EDUCATIONAL CENTER OF TASHKENT CITY

Zamonaviy O‘zbekiston hududida tatar xalqining etnik diaspora sifatida shakllanishi O‘rta asrlarda boshlangan. O‘zbek va tatar tillari hamda madaniyatlarining o‘xshashligi, dinlarining yagonaligi, shuningdek, yuz yillardan beri davom etib kelayotgan qarindoshchilik rishtalari xalqlarning yaqinlashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Tatar ijtimoiy madaniyma’rifiy markazi 1990 yil Toshkent shahrida tuzilgan. Tatar xalqining o‘ziga xos madaniyati, an’analari, urfodatlarini asrash va yanada boyitish maqsadida markazda bolalar va yoshlar o‘rtasida tatar tilini o‘rganish to‘garaklari tashkil qilingan, xalq qo‘shiqlari va raqslari ijrochilarining tanlovlari, milliy madaniyat kechalari o‘tkaziladi.

Markazning barcha loyihalari boshqa etnik birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, tatarlarning eng mashhur bayrami Sabantuy esa butun respublika uchun haqiqiy baynalmilal bayramga aylangan. Navro‘z va Unish — hosil bayrami kabi ko‘hna bayramlar ham qadimgi va go‘zal an’analarga ko‘ra o‘tkaziladi, “Yashlek”, “Duslik”, “Yaktashlar”, “Bulgar”, “Biznen miras”, “Leysan”, “Izginur” ansambllarining ishtiroki esa ushbu bayramlarni yanada jozibali va tomoshabop qiladi.

Tatar xalqining Abdulla To‘qay, Muso Jalil, G‘ayoz Is?oqiy kabi taniqli yozuvchilari, shoirlari va jamoat arboblari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar ham an’anaga aylangan. Shu bilan birga, o‘zbek xalqining buyuk namoyandalari Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, G‘afur G‘ulom hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv va kechalar ham o‘tkaziladi.
Markaz faollarining fikriga ko‘ra, boshqalarga beg‘araz yordam berish — bu chin ko‘ngildan chiquvchi intilish, yurak amri va baxt formulasidir. Ular urush va mehnat faxriylari, ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalari va internatlar uchun xayriya tadbirlarini muntazam ravishda tashkil qilib keladilar.
Bugungi kunda tatar milliy madaniy markazlari respublikaning Jizzax, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida faoliyat yuritmoqdalar. Ular bilan bir qatorda Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida tatarboshqird markazlari ham ishlamoqda. Ularning barchasi, mamlakatimizdagi boshqa madaniyetnik birlashmalar singari, xalq diplomatiyasining ishonchli ustunlari hisoblanadilar: millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga, O‘zbekiston bilan Tatariston respublikalari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Markazlar jamoatchiligi Tatarlarning umumjahon kongressi, Tatar yoshlari va ayollarining umumjahon forumi hamda “Tatar moni” qo‘shiq festivali kabi yirik anjumanlarda doim qatnashib keladi.

O‘zbekiston, Tatariston Milliy teleradiokompaniyalari o‘z teleko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarida milliy madaniy markazlarning boy va serqirra faoliyati, ularning kundalik ishlari va bayramlari to‘g‘risida muntazam hikoya qilib kelmoqdalar.