TOSHKENT SHAHAR XITOY MADANIY MARKAZI

Xitoy va o‘zbek xalqlarining o‘zaro madaniy aloqalari Buyuk Ipak yo‘lining ko‘pasrlik tarixi bilan bog‘liq. Bunga miloddan avvalgi I–II asrlarga mansub yozma manbalar va zamonaviy O‘zbekiston hududidagi arxeologik topilmalar dalil bo‘la oladi.

Uning faoliyati asosan milltlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, milliy madaniyatlarni o‘zaro boyitishga, Markaz a’zolarining Xitoy xalqi boy madaniy merosini, shu jumladan xitoy tilini, xalq ijodiyotini va hunarmandchiligini, milliy taomlarini va milliy bayramlarini o‘rganishua bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan.
Insoniyat tarixidagi buyuk kashfiyotlardan biri hisoblangan iyerogliflarga asoslangan xitoy yozuvida olib boriladigan xitoy tilini o‘qitish kurslari markazning faxri hisoblanadi.
Markazning ijodiy loyihalari qatorida zamonaviy Xitoy haqidagi fotoko‘rgazmalar, dekorativamaliy san’at ko‘rgazmalarini tashkil qilish, an’anaviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan xitoy milliy taomlarini ommalashtirish va turli millatlarga mansub yoshlarni Xitoyning ko‘pasrlik madaniy merosi bilan tanishtirish kabi tadbirlar o‘rin olgan.

Markazda xitoyliklarning milliy bayramlari, xususan, Chundze — oy kalendari bo‘yicha bahorni va yangi yilni qarshilash keng nishonlanadi. Undan tashqari, markaz boshqa etnik birlashmalar bilan birgalikda respublikamizning Navro‘z, Mustaqillik kuni, O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni kabi milliy va davlat bayramlarida ishtirok etadi.

2006 yildan boshlab XXRning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy instituti bilan hamkorlikda respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari va Xitoy madaniy markazi qoshidagi xitoy tili kurslarida tahsil oluvchilar o‘rtasida xitoy tilini o‘zlashtirish bo‘yicha konkurslar o‘tkazib kelinmoqda. Tanlov g‘oliblari Xitoyga bepul sayohat va Xitoyning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida amaliyot o‘tkazish uchun bepul yo‘llanmalar bilan taqdirlanadilar.

Xitoy madaniy markazining rivojlanishida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam aloqalar hamda Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Markazda taniqli davlat va jamoat arboblari, Xitoy madaniyati va san’atining ko‘zga ko‘ringan vakillari bilan uchrashuvlar muntazam o‘tkaziladi.
Markaz jamoatchiligi, shuningdek, O‘zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari va Xitoy kinosi kunlarida faol ishtirok etib keladi.