Tanlov va grantlar

Jamiyatda millatlararo bag‘rikenglik, tinchlik, o‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarini rag‘batlantirish

Joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida, O‘zbekistonda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning azaliy milliy an’analari, urf-odatlari, udumlarini saqlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, birdamlikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash borasida “Jamiyatda millatlararo bag‘rikenglik, tinchlik, o‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish” mavzusida davlat granti beshinchi tanlovini e’lon qilish yuzasidan qaror qabul qilingan edi.

Parlament komissiyasining qaroriga asosan, 13 ta yo‘nalishda mazkur muhim ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutgan loyihalari bo‘yicha Davlat grantlari ajratish uchun tanlov e’lon qilinib, 2018 yil 17 sentyabrdan 22 oktyabrgacha bo‘lgan muddatiga qadar Nodavlat-notijorat tashkilotlarining hujjatlari qabul qilinadi.

Parlament komissiyasining 2018 yil 29 oktyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tanlovda qatnashish uchun yuborilgan hujjatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, davlat grani beshinchi tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi.

E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi, 8 ta hududiy milliy madaniy markazlari, shuningdek “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyati turli yo‘nalishlarda tanlovda g‘olib chiqib, har birlari 30 mln. so‘mdan iborat bo‘lgan davlat grandlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.

G‘olib deb topilgan loyihalar ro‘yxati ilova qilinadi.

Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib bo‘lgan Milliy madaniy markazlari va “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatini ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in tabriklab, dolzarb ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda ularga katta zafarlar tilaymiz!

Parlament komissiyasining
2018 yil 29 noyabrdagi
69 qaroriga 1 — ilova 

2018 yil 17 sentyabrdan 22 oktyabrgacha o‘tkazilgan “Jamiyatda millatlararo bag‘rikenglik, tinchlik, o‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarini rag‘batlantirish” mavzusidagi davlat grantining 5-tanlovi yakuniiy natijalariga ko‘ra Parlament komissiyasi tomonidan g‘olib deb topilgan
LOYIHALAR RO‘YXATI

1 O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi:
“Qardosh o‘zbek qozoq xalqlari o‘rtasidagi abadiy do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda ular o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalar va ijodiy hamkorligini yanada rivojlantirish”
Muddati: 12 oy  30 000 000 so`m
Respublika do‘stlik jamiyatlari.

2 “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyati
“Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari katalogining (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari”
Muddati: 10 oy 30 000 000 so`m

Hududiy milliy madaniy markazlari

3 O‘zbekiston rus madaniy markazining Qoraqalpog‘iston bo‘linmasi
Kamalak” O‘zbekiston xalqlar do‘stligi festivali
Muddati: 9 oy  30 000 000 so`m

4 Jizzax viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi
Biz hammamiz har xilmiz, lekin biz hammamiz tengmiz”
Muddati: 12 oy 30 000 000 so`m

5 Jizzax viloyati tojik milliy-madaniy markazi
“Zullisonayn adiblarimizning ijodi-barchamizning ma’naviy boyligimiz”
Muddati: 9 oy 30 000 000 so`m

6 Qozoq milliy madaniy markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi
“Do‘stlik va hamjihatlik-bizning asosiy tayanchimiz!”
Muddati: 9 oy 30 000 000 so`m

7 Arablar milliy madaniy markazi
(Samarqand viloyati) “Millatlararo birdamlik — taraqqiyot garovi”
Muddati: 8 oy 30 000 000 so`m

8 Toshkent shahar gardashlыk Ozarbayjon madaniy markazi
“Ikki xalq madaniy merosini targ‘ib qilish va atoqli shaxslar to‘g‘risida film yaratish”
Muddati: 12 oy  30 000 000 so`m

9 Toshkent shahar Grek madaniyati jamiyati
“Gullab yashnayotgan va xotirjam, tinch mamlakat O‘zbekistonda yashash – baxt”
Muddati: 9 oy 30 000 000 so`m

10 Toshkent shahar Dungan madaniy markazi
“Dungan mashg‘ulotlari”, “Dungan musobaqalari va ko‘ngilochar o‘yinlari” nomli kitoblarni chop etish
Muddati: 10 oy 30 000 000 so`m

11 “Svetlitsa polska” O‘zbekiston Polyak madaniy markazi
“O‘zbekiston yoshlarida Vatan tuyg‘usini rivojlantirish – millatning yuqori ma’naviyatini asosiy omillaridan biridir”
Muddati: 12 oy 30 000 000 so`m


12 Slavutich Respublika Ukraina madaniyat markazi Toshkent viloyati bo‘limi

“Men nechun sevaman O‘zbekistonni”
Muddati: 9 oy 30 000 000 so`m